12:06 Twitter adashib o‘z asoschisining akkauntini bloklab qo‘ydi | |
Twitter mikroblogi asoschilaridan biri va kompaniya rahbari Jek Dorsining akkaunti 22-noyabr kuni kechqurun vaqtinchalik yopib qo‘yildi, deb yozadi “Interfaks” The Verge’ga tayanib. Dorsining o‘zi aniqlik kiritishicha, uning @jack akkaunti “ichki xatolik” tufayli bloklanib qolgan, unga taxminan 15 daqiqa davomida kirib bo‘lmagan. Texnik nosozlik aynan qanday sodir bo‘lgani aniqlashtirilmayapti. Twitter avvalroq ekstremistik va dushmanlik ruhidagi fikrlarni targ‘ib qiluvchi foydalanuvchilarni bloklab qo‘yishga shoshmasligi yuzasidan ko‘p bora tanqid qilingan edi. Shu tufayli noyabrda kompaniya Amerikaning “alt-o‘nglar” (alternativ o‘nglar) harakati tarafdorlarini faol tarzda bloklashni boshladi. Xususan, oq irqning ustunligini yoqlab chiquvchi amerikalik taniqli millatchi Richard Spenserning akkaunti o‘chirildi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|