12:47 Ukraina FIFA'dan Eronni Jahon chempionatidan chetlatishni so‘radi | |
Ukraina tomoni Eron Rossiyaga qurol yetkazib berishini, shuningdek, Eron FIFA nizomi moddalarini buzayotganini daʼvo qilmoqda. Avvalroq bir guruh eronlik futbolchilar va futbol mutasaddilari FIFA'dan Eron terma jamoasini JCh-2022dan chetlashtirishni talab qilgan edi. Shuningdek, Dominikaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi elchisi FIFA prezidenti Janni Infantinodan Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga Eron o‘rniga Italiyani qo‘shishni so‘ragandi. Eslatib o‘tamiz, mundial bahslari 20 noyabr kuni boshlanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|