Главная » 2021 » Август » 20 » Umrni qisqartiruvchi ichimliklar
12:07

Umrni qisqartiruvchi ichimliklar


San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti olimlari shirin ichimliklarni muntazam iste’mol qilish va erta o‘lim xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirib berishdi. Tadqiqot natijalari PubMed tibbiy portalida e’lon qilingan.

20 yil davomida ular o‘rtacha yoshi taxminan 53 yoshni tashkil etuvchi 100 mingdan ortiq ayollarning taomnomasini o‘rganib chiqishdi. Ishtirokchilar qaysi alkogolsiz ichimliklarni tez-tez ichib turishlarini ma’lum qilishgan.

Natijada tadqiqot mualliflari ayollar sog‘lig‘iga qand miqdori yuqori bo‘lgan ichimliklar: mors, shuningdek shirin suv va choy ta’sir qilganini aniqladilar. Ularni har kuni ichgan odamlarda erta o‘lim xavfi ancha yuqori bo‘lgan. Kuzatuv boshlanganidan yigirma yil o‘tgach, 14143 ishtirokchi yurak-qon tomir kasalliklari yoki saraton xastaligidan vafot etdi. Ular haftasiga yetti porsiyadan ortiq shirin suv iste’mol qilishga odatlangan bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti davlatlarni aholi orasida semizlik, diabet va kariyesni kamaytirish uchun shirin ichimliklar narxiga 20 foizlik soliq joriy etishga chaqirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ichimliklar, umrni, qisqartiruvchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz