Главная » 2020 » Август » 6 » Kechasi yaxshi uxlash uchun qanday ichimliklar ichish kerak?
23:27

Kechasi yaxshi uxlash uchun qanday ichimliklar ichish kerak?


Agarda siz so‘nggi paytlarda uyqusizlikdan qiynalayotgan yoki ertalab uyg‘onishni xohlamayotgan bo‘lsangiz, kunlik rejangizdagi ichimliklarni bir ko‘zdan kechiring.

Iliq sut

Odatda bolalarni tinchlantirish yoki uxlatishda yordam beradigan sut kattalar uchun ham tavsiya etiladi. Ba’zi mutaxassislar iliq sut tarkibida triptofan mavjudligini, u organizmni melatonin (uyqu gormoni)ga aylanishini yaxshilashini ta’kidlagan.

Moychechakli choy

Moychechakli choy yaxshi uxlashda yordam beradigan tabiiy vositalardan biri. U tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, boshqa choylardan farqli ravishda uning tarkibida kofein yo‘q. Odatda moychechak choyi uyqusizlikdan aziyat chekayotganlar uchun tavsiya etiladi.

Bodom suti

Uxlashdan oldin bir stakan bodom sutini ichish ham foydali. Uning tarkibida triptofan va magniy mavjud. Bu esa uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Kokos yong‘og‘i suvi

Kokos yong‘og‘i suvida magniy va kaliy mavjud bo‘lib, u uxlashingiz va mushaklaringizni tinchlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, uning tarkibida B vitamini mavjud bo‘lib, bu stress darajasini pasaytiradi.

Bananli smuzi

Sog‘lom uxlashda ko‘makchi yana bir usul – bananli smuzidir. Buning uchun bananni yarim stakan bodom suti bilan aralashtirish kifoya. Bu ichimlik sizning yaxshi uxlashingizda kafolat beradigan yo‘llanmadir.

“Oy” suti

Bu tabiiy vosita ashvagandha dorivor o‘simligi va reyshi qo‘ziqorini aralashmasidan tayyorlanadi. Ular kukun yoki yog‘ shaklida sotiladi. Ichimlikni tayyorlash uchun bodom sutini qizdirasiz, unga ashvagandha va reyshini qo‘shasiz. Mazasini yaxshilash uchun kakao kukuni, dolchin, asaldan foydalanishingiz mumkin. Ichimlik sizga uyqu bezovtaligini kamaytirishga yordam beradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ichish kerak, kechasi, ichimliklar, yaxshi uxlash uchun, qanday | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz