17:52 Vazirlik Fathulla Ma’sudovning koronavirusdan o‘lganini tasdiqladi! | |
Kecha, 30 avgust kuni O‘zbek milliy akademik dram teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov vafot etgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ma’sudovni koronavirusdan vafot etgan bemorlar ro‘yxatiga kiritdi. Vazirlikning bugun, 31 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra e’lon qilingan ma’lumotlariga 57 yashar Ma’sudov koronavirus qurboni bo‘lgani aytilgan. Soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 136 nafarga oshdi va jami bemorlar soni 41787 nafarga yetdi. Yangi kasallanish holatlari: Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli F.M. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 132 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib O‘zbekistonda 39068 (+249) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2400 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|