09:21 Vodiy osmonidagi yorqin chaqnashga izoh berildi | |
Andijon va Namangan viloyatlarida seshanba kuni osmonda yorqin chaqnash qayd etildi. Mazkur hodisa Qirg‘iziston hududida ham ko‘rindi. Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti direktori o‘rinbosari Yusufjon Tillayev hodisaga izoh berdi. «Ikki taxmin bor. Birinchisi — bu kosmik chiqindi, kosmik kemaning o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan qismi. Ikkinchi taxminga ko‘ra, bu — kosmik jism, asteroid parchasi bo‘lib, kecha bolid ko‘rinishida namoyon bo‘ldi», — dedi Yusufjon Tillayev. Direktor o‘rinbosari ayni paytda institut mutaxassislari mazkur hodisa sabablarini o‘rganish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. «Umid qilamanki, tez orada biz uning nima ekanini aniqlaymiz», — deya qo‘shimcha qildi olim. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati osmondan ob’yekt tushishi bilan bog‘liq qandaydir vayronagarchiliklar to‘g‘risida axborot kelib tushmaganini xabar qildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|