09:42 To‘rtta OTM talabalarida koronavirus aniqlangani haqidagi xabarga izoh berildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi oliy ta’lim muassasalari (O‘zMU, TDSHU, FarPI, TATU Samarqand filiali) talabalari orasida koronavirus aniqlangani hamda fakultet va yotoqxona qavatlari dezinfeksiya uchun yopilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mish-mishlarga munosabat bildirdi va bu kabi xabarlar asossiz ekanini ta’kidladi. Qayd etilishicha, xabarda ko‘rsatilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan va birorta ham talabalar turar joyi binosi yopilmagan.
Avvalroq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlangani, natijada ikkita fakultet talabalari masofaviy o‘qish rejimiga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|