17:06 «GAI xodimi shaxsiy avtomobilida «Damas»ni quvib yuribdi» videosiga izoh berildi | |
Ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi shaxsiy avtomobilida «Damas»ni quvib yuribdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, joriy yilning 14-aprel kuni Angren shahar IIO FMB YHXB xodimi Sh.Julanov Transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Angren shahar, Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtda, «Damas» rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Haydovchi YPX xodimining talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. YPX xodimi «Lasetti» rusumli avtomobilda bo‘ysunmay harakatlangan haydovchini kuzatib borgan. «Damas» haydovchisi harakati davomida boshqa YPX xodimlarining ham ishoralariga bo‘ysunmagan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida «Damas» avtomobili to‘xtatilgan. Haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan T.K. me’yoriy hujjatlari yo‘qligini va shu sababli xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmaganligini ma’lum qilgan. Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Joriy yilning 16-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida holat o‘rganilib, fuqaro T.K. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 183-moddasida ko‘rsatilib o‘tilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|