Главная » 2017 » Октябрь » 19 » Ўзбекистон терма жамоасига номзод футболчилар синовдан ўтказилди
00:11

Ўзбекистон терма жамоасига номзод футболчилар синовдан ўтказилди


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bo‘lajak musobaqaga sifatli tayyorlanish maqsadida 16–17 oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi murabbiylar kengashi tavsiyasiga ko‘ra, o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga Oliy liganing 7 klubidan 23 nafar futbolchi jalb qilindi.

O‘zbekiston U-23 termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ikki kun davomida jamoaga nomzod futbolchilar imkoniyati bilan tanishib chiqdi.

“Yig‘in davomida biz ikkita jismoniy va ikkita nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Shuningdek, bitta nazorat o‘yini ham tashkil qildik.

Bundan tashqari, nazorat-ilmiy guruh mutaxassislari tomonidan futbolchilarning funksional tayyorgarligi tekshirildi.

Jismoniy mashg‘ulotlar va nazorat o‘yini vaqtida qator futbolchilar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, kelajakda O‘zbekiston U-23 termasiga nomzod bo‘lish uchun raqobatni kuchaytirdi.

Nazorat o‘yini va test natijalari asosida o‘tkazilgan video-materiallar tahlilidan so‘ng murabbiylar shtabi hamda nazorat-ilmiy guruh tomonida futbolchilarning kuchli va zaif tomonlari aniqlandi hamda futbolchilarning funksional tayyorgarligi va individual sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini yuqori daraja tashkil etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar va nazorat o‘yinini o‘tkazib uchun barcha sharoitlar yaratildi”, dedi Ravshan Haydarov.

Quyida ikki kunlik o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida ishtirok etgan futbolchilar ro‘yxati keltirilgan:

Darvozabonlar: Rahim Davronov ("Lokomotiv"), Nizom Ziyovutdinov ("Olmaliq"), Shohjahon Nasimov ("Buxoro");

Himoyachilar: Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), G‘olib G‘aybullaev ("Nasaf"), Ilhom Alijonov ("Nasaf"), Sergey Proxorov ("Lokomotiv"), Oybek Rustamov ("Qo‘qon–1912"), Nodir Yo‘ldoshev ("Paxtakor"), Avaz Mamatxo‘jaev ("Qo‘qon–1912");

Yarim himoyachilar: Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), Muxammadanas Hasanov ("Qo‘qon–1912"), Bobur Davlatov ("Lokomotiv"), Islom Rashidxonov ("Nasaf"), Aziz Omanov ("Lokomotiv"), Davron Umirov ("Bunyodkor"), Jahongir Ahmadov ("Paxtakor"), Sobit Sindorov ("Paxtakor"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor");

Hujumchilar: Timur Usmonov ("Lokomotiv"), Akobir To‘raev ("Buxoro"), Muhammad Sultonov ("Metallurg").

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Osiyo chempionatiga saralash bosqichi doirasida Ravshan Haydarov shogirdlari Nepal, Livan va BAA termalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: foxisha, Fohishaxona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz