13:21 Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani butun dunyoga tarqatishga va’da berdi | |
“Keyingi bosqichda — Xitoy vaksinasi yaratilib, klinik sinovlardan o‘tkazilib, foydalanishga tayyor bo‘lganida — mamlakat raisi Si Szinpin tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasida e’lon qilgan majburiyatimizni bajaramiz va undan butun dunyo foydalanishi mumkin bo‘ladi”, — deydi Van Chjigan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydagi olimlar kamida besh turdagi vaksina ustida ish olib bormoqda. Ularning ayrimlarini sinovdan o‘tkazish boshlangan. Vazirning ta’kidlashicha, vaksinalarni yaratishda, asosan, uning xavfsizligi, samaradorligi va hammabopligiga e’tibor qaratilmoqda. Avvalroq Rossiya bosh vaziri COVID-19’ni davolashda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan Xitoy preparatidan foydalanishga ruxsat bergani xabar berilgan edi. O‘zbekistonda ham koronavirusni davolashda foydalanilayotgan preparat nomi ma'lum qilingan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|