18:16 Xitoyda marhum ayolning jasadini kelajakda tiriltirish uchun muzlatib qo‘yishdi | |
Xitoyning Shangdong Yinfeng Biological Engineering Group kompaniyasi mutaxassislari birinchi marotaba odamni kriokamerada muzlatib qo‘ydi, uni uzoq kelajakda qachondir hayotga qaytarishmoqchi, deb yozadi “Naukatv.ru”. Chjan Venlyan ismli ayol 49 yoshida o‘pka saratonidan vafot etdi. Chjan va uning turmush o‘rtog‘i Guy Szyuymin istagiga muvofiq, kompaniya mutaxassislari ayolning jasadini muzlatib qo‘ydi. Qachondir tibbiy texnologiyalar taraqqiyoti Chjanni hayotga qaytarish imkoniyatini beradi. Bu ilmiy-fantastik film syujeti emas, balki reallikdir, deb xabar qiladi “Sinxua”. Tanani kriogen muzlatish bo‘yicha operatsiya xitoylik va amerikalik ekspertlar ishtirokida ikki kundan ortiqroq davom etdi. Ayolning jasadi 10-maydan buyon 2000 litr hajmli suyuq azotli konteynerda -195 darajali haroratda saqlanmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|