21:02 Xonanda Aziza bola o‘g‘irlashda ayblanmoqda | |
O‘zbekistonlik qiz “Na samom dele” dasturi orqali xonanda Azizani topib berishni so‘radi, deya xabar beradi “Repost.uz”. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqchi uning erini o‘ziga qaratib olgan hamda bolasini yashirgan. Ommaviy axborot vositalarida xonandaning sevgilisining ismi Janatan Xaydarov ekanligi, uning 12 yoshli qizi borligi ma’lum qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, Aziza ko‘p yillar davomida Xaydarov bilan tanish bo‘lgan. U Azizani bola o‘g‘irlashda ayblayotgan xotinidan bolani olib qo‘ygan. Xonanda Aziza teleko‘rsatuvga taklif qilinda. U ayolning ayblovlarini inkor etgan, biroq turmush o‘rtog‘i qizi bilan uning xonadonida ekanini tasdiqlagan. Erkak bolasini xotiniga berishdan bosh tortmoqda. Aziza Muhamedova — Toshkentda tug‘ilgan sovet va o‘zbek qo‘shiqchisi. U 1989-yildan buyon Rossiyada yashab keladi. VIA “Sado” ning sobiq solisti.
Manba: "daryo.uz"
| |
|