14:16 Xushxabar! Andijonda 2 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi | |
Bugun ham yurtimizdagi qator tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlarning reabilitasiyaga kuzatilishi kutilmoqda. Jumladan, birinchi bo‘lib Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 2 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 13 nafarga yetdi. Sog‘aygan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokorlari tomondan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi. Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 227 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi
Manba: "aniq.uz"
| |
|