17:13 Xushxabar! Andijonda yana 8 nafar bemor butkul sog‘aydi | |
Andijon shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Andijon shahridagi “Korona medlayn” xususiy shifoxonasiga reabilitasiya uchun kuzatildi. Sog‘ayganlardan 4 nafar erkak, 4 nafari ayol kishi. Ularning 1 nafari talaba, 2 nafari nafaqada, 1 nafari kichik tibbiyot xodimi, 2 nafari voyaga yetmagan, 2 nafari turli soha vakillaridan iborat. Sog‘ayganlardan 3 nafari Jalaquduq tumani hamda 5 nafari Andijon shahrida yashovchi fuqarolarni tashkil qiladi. Mazkur shifoxonada shu paytga qadar 12 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 20 nafarga yetdi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|