Главная » 2020 » Май » 17 » Yana bir mamlakat koronavirus ustidan g‘alaba qozondi
12:23

Yana bir mamlakat koronavirus ustidan g‘alaba qozondi


16 may kuni janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan Kambodjada koronavirus bilan kasallangan oxirgi bemor tuzaldi. Endi mamlakatda COVID-19ni yuqtirgan odam qolmadi.

Shunday bo‘lsa-da, hukumat odamlardan xushyorlikni talab qilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z bayonotida virus bilan bog‘liq cheklovlar yumshatilishi haqida xabar bermagan. Mamlakatda maktablar faoliyatining to‘xtalishi, chegaralardagi tekshiruvlar va odamlarni karantinga olish choralari davom etadi.

Kambodjada jami 122 kishi koronavirusga chalingan va ularning bari tuzalgan. Virus bilan bog‘liq hech qanday o‘lim qayd etilmagan. Mamlakatda 12 apreldan beri yangi kasallar aniqlanmayapti. Yanvar oyidan beri umumiy hisobda 14 684 kishi virus tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Mam Bunheng odamlarni hushyor bo‘lishga va ko‘pchilik bo‘lib to‘planmaslik kabi ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

«Mamlakatimizda koronavirus aksariyat hollarda chetdan kelganlarda aniqlangan. Shuning uchun chegaradagi, aeroportlardagi, portlardagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Chet eldan kelgan odamlarda COVID-19 yo‘qligini tasdiqlovchi sertifikat bo‘lishi kerak. Shundagina biz ularga mamlakatimizga kirishga ruxsat beramiz, keyin ular 14 kun davomida karantinga olinadi” deydi Mam Bunheng.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ustidan, mamlakat, Koronavirus, g‘alaba qozondi, yana bir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz