08:24 Yana bir mamlakatda uchar taksilar sinovi boshlandi | |
Avstriyaning Lins shahrida jamoat transporti tizimi aviataksilar bilan to‘ldiriladi, deb xabar bermoqda “Evro-Puls” nashri. Ta’kidlanishicha, ular uchun infratuzilma 2021 yilda qurila boshlanadi. Insonlardan tashqari, yuk tashishga ham mo‘ljallangan uchar taksilar sinovlari yo‘lovchilarisiz va aholi bo‘lmagan joylar orqali amalga oshiriladi. Birinchi vertiplar (aeromobillar uchun to‘xtash joylari) Dunayning ikkala qirg‘og‘ida paydo bo‘ladi. Sinovlar davomida loyiha mualliflari tomonidan mashinalar har tomonlama baholanadi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|