10:20 Yangi yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi | |
2021 yilning 1 yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 564 nafari o‘g‘il bola, 522 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati (115 nafar) va Farg‘ona viloyati (113 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni 1708 nafar, 2020 yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|