Главная » 2018»Апрель»13 » Bola ota-onasi vafotidan 4 yil o‘tib dunyoga keldi
19:13
Bola ota-onasi vafotidan 4 yil o‘tib dunyoga keldi
Xitoyda ota-onasi 2013 yilda avtohalokat natijasida halok bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, xitoylik fuqarolar Shanxay Shen va uning xotini Li U to‘rtta embrionni sun’iy urug‘lantirib, dunyoga keltirish maqsadida muzlatib qo‘yishga qaror qilgan.
Ular ushbu masalada shifokor qabuliga yozilgan. Ammo qabulga 5 kun qolganda avtohalokat sabab ularning ikkalasi ham vafot etadi.
Shen va Li Uning bevaqt vafotidan keyin ular rejalashtirgan embriondan xabardor bo‘lgan ota-onalari sudga murojaat qilgan.
Ular suddan embrionlar huquqini himoya qilib, Nankin shahar shifoxonasida bu urug‘larni shakllantirish haqida rasman talab qilgan.
Mamlakat tarixida bunday holat kuzatilmagani bois ham sud jarayoni bunga yo‘l qo‘ymagan. O‘z navbatida, ularning ota-onasi ham murojaat qilishni to‘xtatmagan.
To‘rt yil davom etgan sud jarayonidan keyin, oxir oqibat, sud o‘tgan yili ularga embrion masalasida ruxsat bergan.
Natijada, o‘tgan yilning dekabr oyida Laos ismli vositachi onadan ushbu embrionlardan biri sog‘-salomat tug‘ildi.
Hozirda bobo va buvilari o‘g‘il nevarasiga Tyantyan, deb ism qo‘yishgan.