Главная » 2017»Январь»30 » YTH oqibatida kelin-kuyov va to‘y mehmonlari vafot etdi
11:35
YTH oqibatida kelin-kuyov va to‘y mehmonlari vafot etdi
Kecha, 28 yanvar kuni Madagaskarda yangi turmush qurgan yoshlarning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli YTH yuz berdi.
Kelin-kuyov hamda to‘yda ishtirok etish uchun kelgan 70 nafar mehmonni olib ketayotgan katta yuk mashinasi ko‘prik ustidan ketayotib, noma’lum sababga ko‘ra, Anjozorobe shahridagi Mananara daryosiga quladi. Bu haqda “Vesti-ukr.com” xabar qilmoqda.
Falokat natijasida 45 kishi, hususan 9 nafar bolalar, 27 ayol va 9 nafar erkak vafot etdi. Afsuski, ular orasida kelin va kuyov ham bo‘lgan. Yana 24 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olib shifoxonaga yetkazilgan.
“Kelin va kuyov ham yuk avtomobili ichida bo‘lishgan. YTHning asosiy sababini bilmaymiz, chunki haydovchi ham olamdan o‘tgan. Mehmonlarning aksariyati cho‘kib ketishgan”, deydi huquq tartibot organi vakili.