12:42 Meksikalik 18 yoshli bokschi qiz jangdan so‘ng vafot etdi | |
Joriy yilning 2 sentyabr kuni meksikalik bokschi qiz Zakarias Sapata jangda olgan jarohatidan so‘ng, vafot etdi. Bu haqda “People” nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Zakarias Sapata joriy yilning 28 avgust tongida Kanadada Mari Per-Holga qarshi ringga ko‘tarilgan va jang paytida xushini yo‘qotib, koma holatiga tushib qolgan. Oradan 5 kun o‘tib, sportchi Monrealdagi yurak kasalliklari shifoxonasida vafot etgan. Qayd etish kerakki, uning yoshi 18 da edi.
Ma’lumot o‘rnida, Yvon Mishel bevaqt o‘lim topgan meksikalik qizning jangida promouterlik qilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|