22:54 10-yanvardan boshlab Jizzakh Petroleum AYQShlari import benzin sota boshlaydi | |
10-yanvar kuni Toshkentda Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasining to‘rtta yonilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushadi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”. Avvaliga shoxobchalar Ai-95 (bir litri 8500 so‘m) va Ai-98 (9000 so‘m) markasidagi import benzinlarini, shuningdek, dizel yonilg‘isini (8500 so‘mdan) sota boshlaydi. Benzin yetkazib berish oyda bir marta amalga oshirildi. Shoxobchaning rezervuarlariga quyiladigan kunlik yonilg‘i hajmi ma’lum qilinmadi, biroq tashkilot vakillarining ta’kidlashicha, stansiyalar kuniga 24 soat ishlaydi. Jizzakh Petroleum’ning dastlabki to‘rtta shoxobchasi Bog‘ishamol, Ahmad Donish, Olmazor tumanidagi Kichik halqa yo‘li va Qushbegi massivida joylashgan. Avvalroq, Jizzax viloyatida qiymati 2,2 milliard dollarga teng zamonaviy neftni qayta ishlash majmuasi barpo etilishi haqida xabar berilgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|