11:45 1-fevraldan benzin narxi qimmatlashishi mumkin | |
Amaldagi Soliq kodeksining 289-3-moddasiga muvofiq joriy yil 1-fevraldan neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga soliq stavkalari miqdorlar oshiriladi. Jumladan: - 1 tonna Ai-80 benzini uchun amalda – 200 ming so‘m bo‘lgan soliq stavkasi 240 ming so‘m bo‘ladi; Shuningdek: Yakuniy iste’molchiga sotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig‘i miqdori 1 tonna benzin uchun 87 ming so‘mga qimmatlashdi (amalda – 378 480 so‘m) va 465 530 so‘m etib belgilandi. Bundan tashqari, 1 tonna dizel yonilg‘isi uchun aksiz solig‘i ham qariyb 80 mingga qimmatlab, (amalda – 346 275 so‘m) 425 918 so‘m miqdorida belgilandi. Tabiiyki, shu o‘rinda savol tug‘iladi: soliq stavkalarining oshishi iste’molchiga ta’sir qiladimi? Mazkur o‘zgarishlarni hisobga olsak respublikada ommabop bo‘lgan Ai-80 benzini misolida 1 tonnasi 127 050 so‘mga (QQSni hisobga olganda 146 108 so‘mga) yoki 1 litri 95 so‘mga oshishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida AI-80 benzini narxi biroz arzonlashgandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|