Главная » 2020 » Май » 25 » 1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
17:40

1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?


Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi

Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan soliq imtiyozlari kuchga kiradi

Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2020 yilning 1 iyunidan boshlab kichik tadbirkorlik sub'yektlari, bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Imtiyoz 1 sentyabrigacha bo‘lgan davr uchun amal qiladi.

Tibbiyot muassasalarida fitobarlar tashkil etiladi

Prezidentning «Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq (ovul) vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etiladi

Import qilinadigan chilim uchun tamakiga aksiz solig‘i to‘lanadi

Prezident qarori bilan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan (snyus), nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga ham aksiz solig‘i kiritiladi.

Yuridik shaxslarni birja a'zolari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlanadi

Hukumat qaroriga asosan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • tovar segmentlari bo‘yicha birja savdolari mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib va birja a'zolariga foydalanish huquqini bergan holda alohida seksiyalarda o‘tkaziladi;
  • mahsulotni seksiya tamoyili bo‘yicha sotishni ta'minlash va brokerlik o‘rinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish bo‘yicha shaffof mexanizmni inobatga olgan holda, yuridik shaxslar birja a'zolari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
  • birja savdosi qoidalari talablariga muvofiqligi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi birja a'zolarining malaka darajasi har 3 yilda muntazam aniqlanadi.

Mahalliy eksport qiluvchilarning yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi

Farmonga binoan, mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash, shuningdek, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya to‘lash mexanizmlari joriy etiladi.

Induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qo‘llash taqiqlanadi

Bunda qurilishdan boshqa maqsadlar uchun metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda induksion pechlardan foydalanishga yo'l qo'yiladi.

Tadbirkorlik sub'yektlariga litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishni rad etish sabablari qisqartiriladi

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, 2020 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik sub'yektlariga litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishda kadrlarning professional malakasi, taqdim etilgan hujjatlar va dasturlarning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga, bino va inshootlarning sanitariya-epidemiologik talablarga va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi sababli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: nimalar, 1 iyundan, o‘zgaradi, qonunchilikda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz