11:52 1 fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? | |
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, jarimalar hamda stipendiyalar miqdori oshiriladi Prezident qaroriga ko‘ra, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Shuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
BHM miqdori 245 ming so‘m etib belgilanishi ortidan BHMga bog‘langan ma'muriy va boshqa jarimalar miqdorlari ham oshadi. Viloyatlar markazlarida tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish boshlanadi “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga muvofiq, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021 yil 1 fevraldan barcha viloyatlar markazlarida, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab esa — butun respublika hududida ko‘rsatiladi. Ma'lumot uchun, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari:
Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratiladi “2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratilishini ta'minlaydi. Bir qator neft mahsulotlariga soliq stavkalari oshiriladi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan quyidagi bir qator neft mahsulotlariga soliq stavkalari oshiriladi:
Bundan tashqari, Qonun bilan tamaki va alkogol mahsulotlarining ham soliq stavkalari oshiriladi. Sudyalikka nomzodlar imtihoni Internet tarmog‘ida onlayn yoritish tartibi amalga kiradi Prezident farmoniga muvofiq, sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Sudyalar oliy kengashi va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash borasida:
Shuningdek, 1 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi.
Manba: "kun.uz"
| |
|