20:36 1 sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi? | |
Joriy yilning 1 sentyabridan O‘zbekiston qonunchiligida qator o‘zgarishlar kuchga kiradi. Xususan, endilikda haydovchilar ishonchnomani o‘zi bilan olib yurishi shart bo‘lmaydi. Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi 2021 yil 11 avgustda “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Shuningdek, bolalar nafaqasini tayinlashda: • inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi; Bundan tashqari, bolalar nafaqasining har oylik miqdori: • 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun; Jumladan, yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar oshadi 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab O‘zbekiston hududida: Bolalar ombudsmani instituti ta’sis etildi Prezidentning “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra: Bunan tashqari, Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi. Farmonga ko‘ra, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi. Jumladan, 2021 yil 1 sentyabrdan quyidagilar tashkil etiladi: • Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibida Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘’basi; Nogironligi bo‘lgan bolalarni vasiylikka olgan oilalarga to‘lanadigan to‘lovlar 2 mln 450 ming so‘mgacha yetkaziladi Prezidentning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2021 yil 1 sentyabrdan: • yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi; Shuningdek, o‘quv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar navbatsiz beriladi. Bundan tashqari nogironligi bo‘lgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarga to‘lanadigan to‘lovlar BHMning 10 baravarigacha (2 mln 450 ming so‘mgacha) yetkaziladi. Ma’lumot o‘rnida: og‘ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq miqdorda kompensatsiya qilinadi. 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti bo‘yicha bo‘limlar ochiladi Prezidentning “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab har yili ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlari tashkil etiladi. Ayrim tumanlar gulchilikka ixtisoslashtiriladi Prezidentning “Respublika hududlarida gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan 2021–2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollardan ko‘pni tashkil qiladigan tadbirkorlarning xomashyo (gul ko‘chatlari, urug‘lari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi qoplanadi. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish takomillashtiriladi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 3 avgust kuni 490-sonli “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra 2021 yil 1 sentyabrdan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan – xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan – oilalarda qarovsiz bolalar aniqlaydi. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga xabar beradi. Bundan tashqari, profilaktika inspektori bola qarovsiz qolganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, tegishli tartibda bolani Markazga qabul qilish haqida yo‘llanma tayyorlaydi. Shunga ko‘ra, Markaz xodimlari 5 soat ichida bolani qabul qilib oladi va Markazga joylashtiradi Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi Prezidentning “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2022 yil 1 sentyabrga qadar “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga o‘qigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga: • xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda (735 ming so‘m); Bunda: • mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqaro “labor-migration” dasturiy majmuasi orqali masofaviy tarzda yoki bevosita Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ariza bilan murojaat qiladi; Ayrim sportchi-trenerlarga oyiga 2 mln 450 ming so‘mdan kam bo‘lmagan maosh to‘lanadi Prezidentning “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan, shuningdek, olis va chekka hududlarda ishlayotgan sportchi-trenerlarga: • sport to‘garaklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu ob’ektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi; • sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratiladi; • kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etgan taqdirda BHMning 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etiladi. Pedagoglar malaka toifasini berish bo‘yicha attestatsiyadan yil davomida o‘tkaziladi Malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi. Uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili va boshqalar) attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ishga qaytganiga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (o‘z tashabbusiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlar bundan mustasno). Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or maktablar rag‘batlantiriladi Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident sovrini ta’sis etiladi. Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda: • birinchi bosqich – tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha; • ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha; • uchinchi bosqich – respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi. Haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi Elektron shaklga o‘tkazish orqali quyidagi hujjatlarni haydovchilardan talab etish tartibi bekor qilinadi: ● avtomototransportni boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan); ● texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot; ● avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma. Umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi • 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi; • 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|