12:10 1 apreldan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? | |
2021 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz.Nodavlat tashkilotlarga haydovchilik guvohnomasini olishda nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi beriladi Haydovchilik guvohnomasini berish sohasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik sub'yektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi beriladi. 2021 yil 1 oktyabrga qadar sement mahsulotini O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadi Uy-joylar narxini arzonlashtirish bo‘yicha prezident farmoniga asosan 2021 yil 1 oktyabrga qadar sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadi. Bundan tashqari, farmonda uy-joylar narxini arzonlashtirish bo‘yicha o‘rnatiladigan yangi tartibga ko‘ra boshqa bir qator choralar ham belgilangan. Qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi «Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga asosan: a) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi; b) zargarlik buyumlarini asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi bilan tamg‘alash usuli zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi; v) affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan o‘lchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga ruxsat beriladi; g) qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi. «Zootexnik», «veterinar-shifokor», «feldsher-veterinar», «usta-chavandoz», «ot parvarishlovchi», «taqachi» mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlar to‘lanadi. Prezident qaroriga binoan ot sportini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadigan «zootexnik», «veterinar-shifokor», «feldsher-veterinar», «usta-chavandoz», «ot parvarishlovchi», «taqachi» mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlar to‘lanadi. Budjet jarayoni ochiqligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlikka tortish boshlanadi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi 660-sonli Qonuniga asosan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 175-7-modda bilan to‘ldirilib, budjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanib, ushbu modda 2021 yil 1 apreldan kuchga kirishi nazarda tutilgan. Kam ta'minlangan oilalar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlanadi Hukumat qaroriga asosan Kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2021 yil 1 apreldan boshlab amalga kiritiladi. Ushbu nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
Xorijiy mamlakatlardan mahsulot olib kirgan transport vositalarining yukxonalari karantin nazoratidan o‘tkaziladi Prezident qaroriga ko‘ra, respublika hududiga xorijiy mamlakatlardan mahsulotlarni olib kirgan transport vositalari (samolyotlar, temir yo‘l vagonlari va konteynerlari, yuk avtomashinalari) yukxonalarini karantin nazoratidan o‘tkazish va «detektor — xizmat it»laridan foydalanish hamda zarur hollarda fumigatsiya qilish (zararsizlantirish) tizimi joriy qilinadi. Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga asosan o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi. Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi xodimlarining ish haqi OTM xodimlariga tenglashtiriladi Hukumat qaroriga ko‘ra, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi direktorining mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra bazaviy lavozim maosh miqdorlari oliy ta'lim muassasasi rektoriga, direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — oliy ta'lim muassasasi prorektoriga, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari — oliy ta'lim muassasasining fakultet dekaniga, metodistlarining ish haqi miqdori — oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi. XTV tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi Prezident farmoni bilan Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori — oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga, kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilarining ish haqi miqdori — bosh o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi. Oliy va birinchi navli bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirdagina respublika hududida sotishga ruxsat etiladi «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident qaroriga binoan birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi Prezident qaroriga asosan 2024 yil 1 yanvarga qadar muddatga hisobot davri yakunlari bo‘yicha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam bo‘lmagan elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalarni 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozlari beriladi. Shuningdek, «Olmaliq KMK» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini birja savdolariga qo‘yishda uning boshlang‘ich narxini qo‘shilgan qiymat solig‘isiz London metall birjasi narxidan 8 foiz etib belgilanadi. Bundan tashqari, mis xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan to‘lovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan so‘ng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda amalga oshirish tartibi joriy etiladi. Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk obektlarining birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan mazkur tajriba-sinov 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi hamda uning doirasida:
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi Prezident farmoni bilan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi va unga ko‘ra har yil yakunlari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan ularning reytingi tuziladi. Yer maydonlarini plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib, tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Olis va chekka hududlarda joylashgan pochta aloqasi obektlarida kamida 13 turdagi davlat xizmati autsorsing asosida tashkil etiladi Prezident qaroriga asosan olis va chekka hududlarda joylashgan pochta aloqasi obektlarida kamida 13ta turdagi davlat xizmati autsorsing asosida tashkil etiladi. Bunda, pochta aloqasi xizmati haqi ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlari va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdorida belgilanadi va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan mablag‘larning o‘ziga yo‘naltiriladigan qismi hisobidan to‘lab beriladi. Mahalliy eksportchilar qilgan ayrim chet eldagi xarajatlarning 50 foizi qoplab beriladi Mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Davlat xaridlari ijrochisining muassislari to‘g‘risidagi ma'lumotlar davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi Davlat xaridlari ijrochisining muassislari to‘g‘risidagi ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari o‘rtasidagi axborot almashinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi. Intellektual mulk obektlarini davlat ro‘yxatiga olish muddatlarini keskin qisqartirish maqsadida tezkor ekspertiza tartibi joriy etiladi Prezident qaroriga binoan:
«El-yurt umidi» jamg‘armasi hisobidan xorijda bakalavriat ta'lim dasturlari bo‘yicha 2021 yilda 100 nafar yoshlarning xorijga ta'lim olish uchun yuborilishi boshlanadi Prezident farmoni bilan Respublikada talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha iqtidorli mutaxassislarni nufuzli xorijiy ta'lim va ilmiy muassasalarda tayyorlash maqsadida:
Respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi a'zolariga import qilingan qo‘y bosh sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom go‘sht ko‘rinishida eksport qilishga ruxsat etiladi Prezident qaroriga asosan Respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi a'zolariga o‘zlari tomonidan import qilingan qo‘y bosh sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom go‘sht ko‘rinishida (TIF TN bo‘yicha 0104 va 0204 kodlari) eksport qilishga ruxsat etiladi, bunda eksport kontraktlari monitoringi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Uyushma tomonidan yuritiladi. Respublika darajasidagi davlat tashkilotlarining ijro intizomiga mas'ul bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish Prezident Administratsiyasi bilan kelishiladi Barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas'ul bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini ta'minlash shu'basi bilan kelishiladi.
Manba: "kun.uz"
| |
|