21:27 2020-2021 o‘quv yilidan maktablarda 3 ta fan chuqurroq o‘rgatiladi | |
2020-2021 o‘quv yilidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lum qilmoqda. Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag‘ishlangan yig‘ilishida ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi. Shu maqsadda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratilgan. Jumladan: 10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat; Shuningdek, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi munosabati bilan 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qo‘shib berilgan. Endilikda, xalq ta’limi tizimida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab: • matematika fani haftasiga 55 soat (o‘tgan yilda 54 soat);
Manba: "qalampir.uz"
| |
|