13:42 Toshkentdagi noqonuniy diniy maktablarda 30 dan ortiq bolalar kaltaklanib kelingani aniqlandi | |
Toshkentda noqonuniy diniy hujralar faoliyat yuritganligi aniqlandi. Hujralarda o‘qigan 30dan ortiq bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Huquq tartibot idoralari tomonidan Toshkentda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida uch nafar fuqaro o‘z uylarida hujralar tashkil etib, yosh bolalarga diniy saboq berganligi aniqlandi. Bu haqda Yangi Davr ko‘rsatuvida xabar berildi. Hujralarda yog‘och kaltak, pichoq, pnevmatik qurollar topilgan. Uy egalarining qo‘l telefonlarida diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining hijrat va jihodga chorlovchi audio va video materiallari borligi aniqlandi. Hujralarning birida 17 nafar, ikkinchisida 11 nafar uchinchisida 4 nafar voyaga yetmagan bola diniy saboq olib kelgan. Noqonuniy o‘qitish vaqtida bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. Hozirda ushbu noqonuniy faoliyatni tashkil etgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|