09:46 30 yil kasallik nimaligini bilmagan erkak salomatligining sirini ochdi | |
Xitoyda istiqomat qiluvchi Chen Xaygan 30 yildan beri biror marta shamollash kasalliklariga duchor bo‘lmagan. U buning siri bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma sir yigirma yoshidan beri bajarib keladigan odatiy mashg‘ulotlaridadir. U har kuni maymunga o‘xshab qo‘llari va oyoqlariga suyanib yuradi. Xayganning ta’kidlashicha, ushbu mashq unga butun vujudini chiniqtirishga va quvvatlantirishga imkon beradi. «Men hayvonot bog‘ida maymunlarni tez-tez kuzatardim. Bu juda kulgili tuyulsa-da, ularga taqlid qila boshladim Chen Xaygan», deydi u. Xayganning so‘zlariga ko‘ra, bunday noodatiy mashg‘ulotlar tufayli u shamollashdan xoli bo‘ladi, uning quloq va tish og‘rig‘i yo‘qoladi. «Endi menda shifokor ko‘rigiga borishga umuman hojat yo‘q», deydi Chen Xaygan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|