Главная » 2017 » Май » 22 » 40 yoshga to‘lgunga qadar to‘xtatilishi kerak bo‘lgan xatolar
14:32

40 yoshga to‘lgunga qadar to‘xtatilishi kerak bo‘lgan xatolar


Agar o‘zingizni yaxshi ko‘rsangiz va dangasalikni yengib o‘tishga qodir bo‘lsangiz, yoshning ahamiyati yo‘q. 20 va hatto 30 yoshda ham muammolardan qo‘rqmaysiz. Tana har qanday sharoitda ishlashga tayyor va yo‘lda uchraydigan barcha to‘siqlar o‘tib ketadigandek ko‘rinadi. Aslida esa, yoshlikdagi xatolar 40 ga yaqinlashganda o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Har bir chekilgan sigareta, iste’mol qilingan spirtli ichimlik, qo‘yib yuborilgan mashg‘ulotlar ayanchli tugashi hech gap emas. 40da ham yosh va tetik bo‘lishni istaysizmi? Trendymen buning uchun hozirning o‘zidayoq chek qo‘yishingiz kerak bo‘lgan xatolarga ishora qiladi.

Suv ichmaslik

Suv organizmdagi har bir hujayra va organ, shu jumladan terini ham oziqlantiradi. Ayniqsa yoshi 30 dan oshgan kishilar uchun organizmning yetarlicha namlangan bo‘lishi juda muhim: nima uchundir yosh o‘tgan sari chanqoq hissi kamroq seziladi.

Mashg‘ulotlarni qo‘yib yuborish

Yaxshi o‘ylangan jismoniy mashqlardan iborat rejim maxsus mashg‘ulotlarsiz to‘liq bo‘lmaydi. Bu sizga mushaklar tonusini saqlab qolish, metabolizmni oshirish va suyaklarni mustahkamlashda yordam beradi. Bundan tashqari, og‘ir yuklar bilan ishlash epchillik va muvozanatni yaxshilaydi hamda barcha organlarni yetarlicha kislorod bilan to‘yintiradi.

Chekish

Chekish - zahar kabi. Tamaki tutuni yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka saratoni, falaj xavfini oshiradi va chekuvchi insonga boshqa ko‘plab ko‘ngilsizliklar keltiradi. 30 yoshdan keyin bu eng zararli odatlardan ochiqchasiga tahdid soluvchi odatga aylanadi: mavjud barcha xavflar rivojlanish uchun jiddiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Og‘riqqa e’tiborsizlik

Tanangiz sizga nimagadir ishora qilayotganida, unga e’tibor bermaslik ahmoqona xatodir. Muammodan qancha erta xabar topsangiz, uni davolashga shuncha kam pul sarflaysiz. Shunga qaramay, ko‘p bemorlar shifokorlarga murojaat qilishni orqaga surishadi. Masalan, erkaklar proktologga borishga or qilishadi, ayollar esa mammologni chetlab o‘tishga harakat qilishadi.

Quyosh ostida yurish

Albatta, kun bo‘yi quyoshdan qochishga chorlamaymiz, biroq yodingizda bo‘lsin: ultrafiolet nurlar terining vaqtidan ilgari qarishiga olib keladi va melanoma (halokatli kasallik)ning rivojlanish xavfini oshiradi. Solyariyani unuting va doimiy ravishda quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalaning. Shunda sog‘lomroq bo‘lasiz.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: to‘xtatilishi kerak, xatolar, to‘lgunga qadar, bo‘lgan, 40 yosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz