15:17 Afsonaviy aktrisa Monika Belluchchi Rossiyaga tashrif buyurdi | |
Italiyalik aktrisa Rossiyada yangi film taqdimotini o‘tkazadi. Kinoaktrisa va fotomodel Monika Belluchchi Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurdi, deb yozadi Filmpro. Aktrisa Rossiyaga rejissyor Emir Kusturisa bilan birga kelgan. Ular birgalikda “Somon yo‘li” filmining taqdimot marosimini o‘tkazadi. Mazkur kartina Bosniya urushi vaqtida ro‘y bergan sevgi tarixi haqida hikoya qiladi. Filmning bosh qahramoni oddiy serbiyalik erkak bo‘lib, uning hayoti turli uch bosqichdan iborat: Dastlab u yolg‘iz edi, keyinroq o‘z juftini uchratadi, ularning o‘rtasida sevgi paydo bo‘ladi. Ularning munosabatlariga urush soya solib turardi. Oxir oqibatda esa film bosh qahramoni hayotining mazmunidan ayriladi. Monika Belluchchining aytishicha, Emir Kusturisaning filmida aks etgan voqealar unga yoqqan va shuning uchun ham u filmda rol ijro etishga rozilik bildirgan. Rossiyada “Somon yo‘li” filmi 2017 yilning 12 yanvaridan boshlab namoyish etila boshlaydi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|