Главная » 2021 » Май » 11 » Al-Aqso masjidi uzra yongan olov: Quddusda vaziyat keskinlashmoqda
09:37

Al-Aqso masjidi uzra yongan olov: Quddusda vaziyat keskinlashmoqda


Joriy yilning 7 mayidan beri Quddus shahrida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Kecha, 10 may kuni Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi oldida katta daraxt yonib ketdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in tezda o‘chirilgan va masjidga hech qanday zarar yetkazilmagan. Isroil politsiyasining bayonotiga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga patron sabab bo‘lgan. Politsiya vakili o‘sha paytda Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan granatalar uloqtirgan yoki yo‘qligini ochiqlamadi.

Ta’kidlanganidek, Sharqiy Quddusdagi vaziyat joriy yilning 7 may oqshomida keskinlashdi. To‘qnashuvlar shaharning ikki tumani: Ma’bad tog‘i yaqini va Shayx Jarrah mahallasida bo‘lib o‘tdi, u yerdan bir qator arab oilalari Isroil sudi tomonidan chiqarib yuborilmoqda, bu esa norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.

Isroil xavfsizlik kuchlari jamoatni rezina o‘q bilan o‘qqa tutdi, shuningdek, ibodatga kirgan odamlarni Al-Aqsodan chiqib ketishga majbur qilish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foyladandi. 

Ayrim manbalarga ko‘ra, Ma’bad tog‘idagi al-Aqso masjidida Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvda 278 falastinlik yaralangan. Qizil yarim oyning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 395 falastinlik jarohat olgan, ulardan 263 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Tartibsizlik fonida G‘azo sektoridan Quddusga yettita raketa otildi. Isroilga qarata uchirilgan raketalarning ko‘pchiligi “Temir gumbaz” nomli raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan bartaraf qilingan. Shunday bo‘lsa-da, ulardan biri aholi turar joyiga kelib tushgan. Mamlakat parlamenti esa evakuatsiya qilingan. 

Rossiyaning “Perviy kanal” jurnalisti Vladimir Poznerning ta’kidlashicha, Isroildagi har bir ko‘p qavatli uyning pastki qismida shunday hujumlar paytida aholining yashirinishi uchun mo‘ljallangan “bunker” yerosti qavatlari bor.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, G‘azo sektorini nazorat qiluvchi Falastinning HAMAS harakati Isroilga uchirilgan raketa hujumlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Xabarga ko‘ra, HAMAS harakati raketa bilan o‘qqa tutishdan oldin Isroilni ogohlantirgan: Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Shayx Jarroh mahallasidan askarlarni olib chiqib ketish uchun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha vaqt bergan.

Eslatib o‘tamiz, 7 may – Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan odamlar taroveh namozini o‘qiyotgan ushbu masjidga hujum qilgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Isroil sudi Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini ko‘chirish to‘g‘risida qaror chiqargan. Chunki bu yerlarga yahudiylar da’vo qilib keladi. Oqibatda 300 dan ortiq falastinlik jarohatlangan.

Ushbu voqea yuzasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an islomiy mamlakatlar va butun dunyo jamoatchiligini okkupatsiya qilingan Sharqiy Quddusdagi falastinliklarni o‘z uylaridan zo‘rlik bilan chiqarib yuborayotgan Isroilning agressiv harakatlariga nisbatan samarali qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. Keyinroq Erdo‘g‘an Isroilning harakatlarini “terror“, deb baholadi. 

Turkiya Prezidentidan so‘ng, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Isroil rasmiylarining Sharqiy Quddusdagi harbiy amaliyotini “qonunbuzarlik” deb atab, ular sodir bo‘lgan voqea uchun falastinliklardan kechirim so‘rashi kerakligini ta’kidladi. 

Bungacha BMT Isroilni har qanday hujumlarni bekor qilish va namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmaslikka chaqirgan bo‘lsa, AQSH vaziyatning keskinlashganidan qattiq xavotirda ekanini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, Isroil Bosh vaziri dunyo OAVni voqealar rivojini noto‘g‘ri talqin qilganlikda ayblab, mamlakat politsiyasining zo‘ravonliklarini qo‘llab-quvvatlagan edi.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: masjidi, vaziyat, Quddusda, Al-Aqso, keskinlashmoqda, Olov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz