19:40 "Zangiotadagi kasalxona to‘lib ketgan": O‘zbekistonda vaziyat yana og‘irlashyaptimi? | |
Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi kun.uz Internet nashri orqali so‘nggi ikki sutka ichida koronavirus tarqalishi keskin ko‘payganligiga oid xabarlarga rasmiymunosabat bildirdi. Turli postlarda shaxslarini oshkor qilmagan manbalar shifoxonalarda joy qolmaganligi, ayniqsa, Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalai to‘lib ketganligi, reanimasiya bo‘limlarida bemorlar og‘ir ahvolda ekanligi to‘g‘risidagi audioxabarlar yo‘llaganlar. Furqat Sanayevning fikriga ko‘ra, hozirda 4 ming shifo o‘ringa ega bo‘lgan Zangiotadagi ikkita davolash muassasalarida minglab bo‘sh o‘rinlar mavjud. O‘rinlarga ehtiyoj yo‘qligi uchun Zangiota 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasining “A” blogi to‘liq yopilgan, “V” blogining ham bitta bo‘limi butunlay, ikkinchi bo‘limining esa yarmi yopilgan. Demak, asossiz xavotirga o‘rin yo‘q, vahimalardan qo‘rqmaslik, ammo shu bilan birga ko‘p marta aytilgan sanitariya va gigiyena qoidalarini unutmaslik kerak.
Manba: "xabar.uz"
| |
|