23:04 Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bosh direktori pnevmoniyadan vafot etdi | |
Rossiyaning eng yirik tog‘-metallurgiya xoldinglaridan biri hisoblangan «Metalloinvest»ning bosh direktori Andrey Varichev hayotdan ko‘z yumdi. U 52 yoshda edi. O‘lim faktini «Metalloinvest» rahbari deputat bo‘lgan Kursk viloyati ma’muriyati vakili tasdiqladi. «Forbes»ning yozishicha, uning o‘limiga pnevmoniya sabab bo‘lgan. U 27-aprel, dushanba kuni Moskvadagi xususiy klinikalardan birida jon bergan. Top-menejerga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va oxirgi bir necha kun o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatga ulab qo‘yilgan. Pnevmoniya — koronavirusda kelib chiqadigan asoratlardan biri. Xabarlarga ko'ra, Varichev COVID-19 ga test topshirgan, biroq natija manfiy chiqqan. «Metalloinvest» — Rossiyadagi eng yirik temir koni kompaniyalaridan biri bo‘lib, u milliarder Alisher Usmonovga tegishli.
Manba: "daryo.uz"
| |
|