20:59 Andijonda yana 5 nafar bemor sog‘aydi | |
Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davonalayotgan 5 nafar bemorlar 26 aprel kuni butkul sog‘aydi.Ularning 3 nafari erkak, 2 nafari ayol kishilardir. Shundan 3 nafari voyaga yetmagan bo‘lib, eng kichigi 2013 yilda tug‘ilgan. Sog‘ayganlarning 2 nafari Andijon shahar, 1 nafari Andijon tumani va 2 nafari Baliqchi tumanidan bo‘lib, 2 nafar ayol uy bekasi hisoblanadi. Bugungi kunga qadar viloyatda 152 nafar fuqarolar virusga chalingan bo‘lib, shundan 61 nafari butkul sog‘aydi. Hozirda 91 nafar bemorlar davolanmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|