12:02 Angrenda 2,5 yashar qizaloq onasining tanishi urishi oqibatida vafot etdi | |
Toshkent viloyatida 2,5 yoshli qiz onasining tanishi tomonidan kaltaklanganishi natijasida vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Anvar Raimov (ism, familiya o‘zgartirilgan) bir necha oy davomida tanishi Zilola (ism, familiya o‘zgartirilgan) va uning qizi bilan Angrenda ijaraga olingan uyda yashab kelgan. 14 yanvar kuni Zilola qizini uyda qoldirib do‘konga chiqib ketgan. Shu vaqtida bola yig‘lab xarxasha qilgani uchun uni tinchlantirish maqsadida Anvar bolaning bosh qismiga urgan va natijada qizaloq vafot etgan. Holat yuzasidan tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra qizaloq olgan tan jarohatlari yuzasidan vafot etganligi tasdiqlangan. Hodisa yuzasidan o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasida Gumonlanuvchi yig‘ilishda o‘z pushaymonligini bildirib, xalqdan uzr so‘ragan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|