15:45 Qashqadaryoda qiz tanishi uning nomusiga tegganini aytmoqda | |
Aniqlanishicha, Kitob tumanida yashovchi S.G. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, tanishi O.X. uni ovqatlanishga taklif qilib, dala hovliga olib borib, nomusiga tekkanligini maʼlum qilib, unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Mazkur holat yuzasidan O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov o‘tkazilmoqda. Tergov harakatlari ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|