09:20 Anvar qori Tursunov vafot etdi | |
Minor" jome masjidi imom-xatibi - Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov joriy yil aprel oyi boshlarida insult xastaligini boshdan kechirib, shifoxonada davolanayotgani, komaga tushgani, keyin ahvoli biroz yaxshilangani haqida xabar bergan edik. Bugun, 13 iyun - Muborak Ramazon oyining 28 kunida Anvar qori Tursunov vafot etdi. U 59 yoshda edi. Ma’lumot o‘rnida, Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Yashnobod tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966-1976 yillarda Yashnobod tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.
1981 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent Islom institutini tamomlagan.
1981-1984 yy. – “Yoshlik” jurnalida muharrir;
1984-1987 yy. – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida ilmiy xodim;
1987-1989 yy. – Toshkent shahar, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi;
1989-1994 yy. – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazida Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir
1994-1999 yy. – Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi;
1999-2015 yy. – Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani “Xo‘ja Axror Valiy” jome masjidi imom-xatibi;
2015 yildan – Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda Toshkent shahar, Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritdi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Anvar qori Tursunovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|