15:03 Avtobloger qo‘lga tushdi, telefonidan porno mahsulotlar topildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Bobur G‘aniyev Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur xabar yuzasidan bayonot berdi. 30 sentyabr kuni Uchtepa tumani «Farxod» bozori ro‘parasida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz poytaxt» profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari Epika avtomashinasini to‘xtatilgan. Transport vositasi haydovchisi 1993-yilda tug‘ilgan Abror Kozubayevning (internet tarmog‘ida «Abror bloger» nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epika rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 1987 yilda tug‘ilgan Bobur G‘aniyev (internet tarmog‘ida «Avtobloger Bobur G‘aniyev» nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal ko‘targan. Shundan so‘ng transport vositasining haydovchisi A.Kozubayev, yo‘lovchilari B.G‘aniyev va O.Salimovlar Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv o‘tkazish jarayonida B.G‘aniyevning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|