21:51 Qizning sochini qirqib, telefonini olib qochgan talonchi qo‘lga tushdi | |
2021-yil 21-fevral kuni soat 03:00 larda 19 yoshli Amirbek G‘. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida Andijon viloyati Xonobod shahri Bunyodkor MFY hududida o‘zining tanishi 21 yoshli Sayyora Q.ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uni tahqirlab, haqorat qilib, qaychi bilan sochlarini qirqib, narxi 1.350.000 so‘mlik uyali telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Amirbek G‘.dan uyali telefon apparat ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Amirbek G‘.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|