11:29 Ayollar ham taloq kilishi mumkinmi? | |
— Xotinlar ham taloq qilish huquqiga ega, deb eshitib qoldik. Shu gapda asos bormi? — Dinimiz taloq qilish huquqini sabr-toqatli, kuchli iroda sohibi sifatida erlarga bergan. Er bu huquqni xotiniga ma’lum muddatga yoki muddatsiz berishi mumkin. Eri unga bergan huquqqa ko‘ra, xotin istasa, shu muddat ichida ajralish huquqiga ega bo‘ladi. Istamasa, ajrashmaydi. Bunga «tafvizut taloq» deyiladi. Er xotiniga bergan bu taloq huquqini qaytarib ololmaydi.
«So‘ragan edingiz...» kitobidan foydalanildi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|