20:26 Toshkent shahri aholisi orasida ayollar ko‘pmi yoki erkaklar? | |
2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Toshkent shahrida yashovchi aholi soni 2,6 million kishidan oshdi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi. Qizig‘i shundaki, poytaxt aholisi orasida 51 foizni ayollar (1,33 million), 49 foizni (1,28 million) erkaklar tashkil etadi. Yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida 5840 ta nikoh tuzildi, 1692 ta ajralish qayd etildi. Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda poytaxtga doimiy yashash uchun 36,2 ming kishi kelgan, 2,1 ming kishi ketgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|