Главная » 2021 » Июнь » 5 » Besh kundan keyin qotilga aylanishini aytgan navoiylik erkak kim edi?
12:23

Besh kundan keyin qotilga aylanishini aytgan navoiylik erkak kim edi?


2021 yilning 04 iyun kuni Internet ijtimoiy tarmog‘ining “Tik Tok” kanalida Navoiy viloyati Navbaxor tumani Navkar maxallasi Navkar ko‘chasi 60-uyda yashovchi Ergashov Kamoliddin Abdijabborovich chiqish qilib u o‘zining chiqishida “Internetda qonunga qarshi Prezidentga qarshi chiqqanlarni ko‘rsam aytardimda, nima uchun bular qo‘rqmas yekan deb o‘ylardim, odam majbur bo‘larkan shaxsan man gdeta bir besh kun vaqtim qoldi, yaqinda qotilga aylanib qamalaman, sababi qizimga so‘z berdim man tirik bo‘lsam seni xech kim mendan olib ketolmaydi deb bu qizchamga so‘z berdim, man tirik bo‘lsam qizimni xech kim mandan ololmaydi, yaqinda qotilga aylanaman besh kun qoldi, besh kun kim qiziqsa manga yozishii mumkin 93-312-91-97 kim ko‘rgisi kelsa kelsin qotillikni besh kundan keyin qotil bo‘laman xayr Tik Tok omad xammaga” nomli videomurojaati tarqaldi. Ushbu videolavhani o‘rganish davomida videodagi lavha 2021 yilning 04 iyun Navbaxor tumani Navkar maxallasi Navkar ko‘chasi 60-uyda Ergashov Kamoliddin Abdijabborovich tomonidan chiqarilganligi aniqlandi:

Ushbu videomurojaatni o‘rganish davomida, fuqaro K.A.Ergashovning sobiq turmush o‘rtog‘i SH.Z 2020 yilning 13 dekabr kuni o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli K.A.Ergashov bilan janjallashib o‘zining tug‘ilgan joyi Nurota tumani Eshonsudur qishlog‘iga otasining uyiga ketib qolganligi, qizi F.L otasining qo‘lida qolganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbaxor tumanlararo sudiga ajrim va farzandini o‘zida olib qolish maqsadida ariza bilan murojaat qilganligi, 2021 yilning 02 iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbaxor tumanlararo sudining xal qiluv qarori asosida F.L onasi SH.Z ga olib berish bo‘yicha sudning xal qiluv qarori chiqqanligi, qarordan norozi bo‘lgan Ergashov Kamoliddin Abdijabborovich 2021 yilning 04 iyun kuni o‘z yashash xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast xolatda Internet ijtimoiy tarmog‘ining “Tik Tok” nomli ommabop kanalida videomurojaat yo‘llaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur xolat yuzasidan Navbaxor tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, IIB xamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda qonun ustuvorligi va shaxs daxlsizligi mustahkam ta’minlangan. Ichki ishlar va prokuratura xodimlari holatni to‘liq nazoratga olishgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Erkak, aylanishini, qotilga, Navoiylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz