20:29 Bir kun oldin ishidan ayrilgan erkak, ertasi kuni boyib ketdi | |
Bir kun oldin ishdan bo‘shatilgan britaniyalik Devid Adams ertasi kuni lotoreyada 1 million funt sterling yutib oldi. Bu haqda The Sun nashri yozmoqda. Devidning aytishicha, unga omad nasib qilishidan oldin hayoti qora rang bilan bo‘yalgan. Bir yil oldin rafiqasiga skleroz tashxisi qo‘yilgan, shuning uchun sevimli ishini tashlashga majbur bo‘lgan. Bahorda esa kelinoyisi infarktdan, bir oydan keyin akasi koronavirusdan vafot etgan. Yutuqni qo‘lga kiritishidan bir kun oldin esa Adams duradgorlik ishidan ayrilgan. Xotinining so‘zlariga ko‘ra, ba’zan lotereya o‘ynab turadigan turmush o‘rtog‘i har gal juftlik uchun muhim bo‘lgan raqamlardan foydalangan. "Hech qachon, hatto eng yaxshi tushlarimizda ham, keyingi baxtli onlar 1 million funt sterlingni yutib olish bo‘ladi deb o‘ylamagan edik", deydi Adams qo‘lga kiritgan puliga mashina sotib olib, rafiqasi bilan Kanadada yashaydigan qarindoshlari oldiga bormoqchi ekanligini qo‘shimcha qilarkan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|