10:31 Bo`ritosh Mustafoev vafot etdi | |
2017 yil 12 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi raisining o`rinbosari Bo`ritosh Mustafoev vafot etdi. Bo`ritosh Mustafoev oqil va oliyjanob, Vatanni samimiy sevadigan va xalqi uchun jonkuyar inson edi. U mamlakatimizda qonuniylik va huquq-tartibotni ta`minlashga, huquq tizimining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi jamoasi Bo`ritosh Mustafoevning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|