10:10 Bolalarning ustidan pul sochgan samarqandlik erkakka chora ko‘rildi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida yoshovchi erkakning bolalarning ustidan pul sochgani aks etgan video keng muhokama qilindi. Samarqand viloyati IIB holatni o‘rganib chiqdi. Ma’lum qilinishicha, Urgut tumani “Vag‘ashti” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.J. Ramazon hayiti munosabati bilan qarindosh va qo‘shnilarini mehmondorchilikka chaqirib, ularning farzandlarini xursand qilish maqsadida bolalar ustidan pul sochgan.
Shuningdek, fuqaro va uning yaqin qarindoshlari bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilib, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi Alisher Navoiy haykali oldida haqoratomuz video olgan yigitlar 15 sutkaga qamalgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|