23:09 Braziliyada futbolchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi: hech kim tirik qolmadi | |
Braziliyaning «Palmas» klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot parvoz paytida halokatga uchradi. Bu haqda «Globo» xabar berdi. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Tokantins aviatsiya assotsiatsiyasining uchish-qo‘nish yo‘lagi oxirida ko‘tarilgan va qulab tushgan. Bortda to‘rt nafar futbolchi bo‘lgan — Lukas Praksedesh, Gilerme Noe, Ranul va Markush Molinari, klub prezidenti Lukas Meyra va uchuvchi Vagner. Ularning hech biri tirik qolmadi. Jamoa a’zolari Goyaniyada Vila-Nova jamoasi bilan o‘ynash uchun uchib ketishayotgan edi. «Palmas» 1997-yilda tashkil etilgan. Jamoa Braziliyaning to‘rtinchi divizionida ishtirok etadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|