23:19 Toshkent-Olmaota yo‘nalishida uchgan samolyot majbur qo‘ndirildi | |
Bugun «Uzbekistan Airways» AJning HY-763-reysi bo‘yicha Toshkent-Olmaota yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan Airbus 320 samolyoti Qozog‘iston hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi sabab Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» axborot xizmati xabar berdi. Ushbu yo‘nalishdagi parvoz ob-havo sharoiti yaxshilanganidan so‘ng qayta amalga oshirilishini ma’lum qilindi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|