09:53 Brent narxi bir barreli uchun 48,82 dollarga pasaydi | |
Londonning ICE birjasida yanvarda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 1,6 foizga pasayib, bir barreli uchun 48,82 dollarni tashkil etdi. Bunday ko‘rsatkich oxirgi bor 28-sentabrda qayd etilgandi, deya xabar beradi “Vedomosti”. “Kuzatilayotgan holat — 53 dollardan hozirgi darajagacha tushish OPEKdan dastlabki ko‘ngil sovish natijasidir. Yakuniy bahoni noyabr oxirida berishimiz mumkin”, — deya ta’kidladi “Alfa-foreks” tahliliy departamenti direktori Andrey Dirgin. Kartel a’zolaridan tashqari Rossiya, Ozarbayjon, Braziliya, Qozog‘iston, Ummon va Meksika qatnashgan OPEK uchrashuvi o‘tgan haftada Venada bo‘lib o‘tdi. Kelgusi shunday uchrashuv 25—26-noyabrga mo‘ljallangan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|