09:31 Brent nefti narxi 19-oktabrdan buyon birinchi marta 53 dollardan oshdi | |
Brent markasidagi neftning fevral fyucherslari narxi London birjasidagi savdolar chog‘ida 2,2 foizga oshib, barreliga 53,4 dollargacha yetdi, deb yozadi “Vedomosti”. Bungacha Brent neftining bir barreli shu yilning 19-oktabrida 53 dollargacha ko‘tarilgan edi. WTI markasidagi neftning yanvar fyucherslari esa 2,57 foizga — barreliga 50,71 dollargacha qimmatlashdi. Neft OPEK sammitida qabul qilingan neft qazib olishni sutkasiga 32,5 million barrelgacha qisqartirish haqidagi qaror fonida qimmatlashmoqda. 2017-yil 1-yanvardan OPEK mamlakatlari bir kunda qazib olinadigan o‘rtacha neft hajmini 1,164 million barrelga kamaytiradi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|